MUNDARIJA KIRISH....3 I-bob.Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi va uning grammatikadagi o rni Xitoy tilida gap bo laklari haqida ma lumot.

Similar documents
Mixtions Pin Yin Homepage

Microsoft Word - Chord_chart_-_Song_of_Spiritual_Warfare_CN.docx

Microsoft Word - Chord_chart_-_The_Word_of_God_in_Song CN.docx

(CIP) : /. :, (/ ) ISBN T S H CI P (2006) XIANGPIAOWANLI JIUW ENH UA YU CH ENGYU

(CIP) : /. :, (/ ) ISBN T S H CI P (2006) CH IJIASH EN GXIAN G YINSHI WEN H U A Y U CHENGY U 1

Xitoy tili fanidan o quv-uslubiy majmua Toshkent: O zdjtu bet Mazkur o quv uslubiy majmua Oliy va o rta maxsus ta lim vazirligining 2014 yil



jiàn shí

Microsoft Word - diplom


ti2 guan4 bo1 bo5 huai4 zheng4 hong1 xi2 luo2 ren4

诗 经 简介 诗经 是中国第一部诗歌总集 它汇集了从西周初年到春秋中期 五百多年间的诗歌三百零五篇 诗经 在先秦叫做 诗 或者取诗的 数目整数叫 诗三百 本来只是一本诗集 从汉代起 儒家学者把 诗 当作经典 尊称为 诗经 列入 五经 之中 它原来的文学性质就 变成了同政治 道德等密切相连的教化人的教


Microsoft Word - fff _ doc

é é

MUNDARIJA: KIRISH 4 I BOB. Sinonimiya hodisasi haqida nazariy-metodik ishlar tahlili Xitoy tilshunoslarining sinonimiya hodisasi haqidagi ishla

j n yín



píng liú zú

lí yòu qi n j n ng

Microsoft Word - Xitoy tilida vaqt kategoriyasi

Microsoft Word - 3 Authentic Mandarin Chinese Street Interview Clips.docx

Microsoft Word - HSK(二级)大纲( ).doc

新汉语水 考试 HSK H21003 注 意 一 HSK 分两部分 : 1. 听力 35 题, 25 分钟 2. 阅读 25 题,22 分钟 听力结束, 3 分钟填写答题卡 全部考试 55 分钟 含考生填写个人信息时间 5 分钟 中国北京国家汉办 / 孔子学院总部编制

新汉语水平考试 HSK( 二级 ) H21008 注 意 一 HSK( 二级 ) 分两部分 : 1. 听力 (35 题, 约 25 分钟 ) 2. 阅读 (25 题,22 分钟 ) 二 听力结束后, 有 3 分钟填写答题卡 三 全部考试约 55 分钟 ( 含考生填写个人信息时间 5 分钟 ) 中国北

Microsoft Word - 詩經注釋.docx




Microsoft Word - 3.Курс иши

一 听力 第一部分 第 1-10 题 例如 : H

<B7E2C3E E6169>

Microsoft Word - H21006.doc


Stock Transfer Service Inc. Page No. 1 CENTURY PEAK METALS HOLDINGS CORPORATION (CPM) List of Top 100 Stockholders As of 12/31/2015 Rank Sth. No. Name

Microsoft Word - YCT 4级样卷.doc

<B7E2C3E E6169>

háng, y u jiàn xiá shì zhèn

新中小学生汉语考试


封面封底.FIT)

一 听力 第一部分 第 1-10 题 例如 : H


bài bì

Microsoft Word - YCT 3级样卷.doc


táowù wèn hù



封面封底.FIT)

t o

封面封底.FIT)


吉林农业1.FIT)

scsx

新汉语水平考试

1

2

<4D F736F F D20CDEEE7E8ECE020D8E0F0E8EFEEE2E0205FF5E8F2EEE920F2E0F0E6E8ECE05F>

FM

Let's Learn Mandarin Chinese with Miss Panda Audio CD Lyrics and Text

李美美 : 没问题 到时见 2 lǐ měi měi méi wèn tí dào shí jiàn 小松平子 : 再见 xiǎo sōng píng zi zài jiàn 李美美 : 小松, 周末来我家吃晚饭吧 Li Mei Mei: XiaoSong, how about coming to

2019 Chinese Taipei National High School Athletic Game Boxing Championship Junior Men Division Top 8 As of WED 24 APR 2019 Men s Mosquito(38-41Kg) Ran

新纪元国际出版社 1

Wu Yi Shan Slalom Open Wu Yi Shan, China, November 2018 Final Ranking Battle Senior Women Rank ID Name Ctry Zapuskalova Nadezhda

MUNDARIJA KIRISH...3 I BOB. Maktab yoshidagi bolalarga xitoy tili grammatikasiga o qitish metodikasi O zbekistonda umumiy o rta ta lim tizmida

一 听力 第一部分 第 1-10 题 例如 : Y

QINGDAOLAOGANBUZHIYOU

<B3ACBDDD>

一 听力 第一部分 第 1-10 题 例如 : Y

2 各 种 zhǒng 困 kùn 难 nán, h 命 mìng 运 yùn 抗 g 争 zhēng, 并 bìng 获 huò d 成 chng 功 故 gù 生, 我 n 如 rú 果 guǒ 足 zú 之 处 chù, 要 怎 zěn 样 yàng 克 kè 服 fú 困 kùn 难 nán





A A B 1




书 作 名 : 者 : 出版社 : 中国电影出版社 版权所有 : 烨子工作室 类 别 : 中国传世情爱小说 出版时间 :2005 年 10 月 字 书 数 :150 千字 号 :ISBN /B 0030

i n i ho n n n n n ng

合肥民商 2013 年第 10 期

李美美 : 不远 十分钟车程 lǐ měi měi bù yuǎn shí fēn zhōng chē chéng 小松平子 : 你住几号楼? xiǎo sōng píng zi nǐ zhù jǐ hào lóu 李美美 : 我住 11 号楼, 我在楼 lǐ měi měi wǒ zhù hào

一 听力 第一部分 第 1-10 题 例如 : Y

untitled


BASTYR CENTER FOR NATURAL HEALTH Chinese and Ayurvedic Herbal Dispensary Ayurvedic Herb List

現代學術之建立 陳平 美學十五講 淩繼堯 美學 論集 徐複觀 書店出版社 的方位 陳寶生 宣傳 敦煌文藝出版社 論集續篇 徐複觀 書店出版社 莊子哲學 王博 道家 的天方學 沙宗平 伊斯蘭教 周易 經傳十

2 故, 冀 州 zhōu 历 lì 山 shn 耕 gēng 田 tián, 雷 léi 泽 zé 打 dǎ 鱼 yú, 黄 huáng 河 岸 àn 边 bin 做 陶 táo 器 qì, 寿 s 丘 qiū 做 各 种 zhǒng 家 ji 器 qì 物 wù, 负 夏 跑 pǎo 买 mǎi

Microsoft Word - A55D81E0.doc




Ling Zhoujiu Shi Kuang


风范风改2016.2(1).indd

Ps22Pdf

Beginner1

Transcription:

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI Qoʻlyozma huquqida NOSIROVA NODIRA ALISHEROVNA XITOY TILI GRAMMATIKASIDA TOʻLDIRUVCHI VA UNING TURLARI 5120100 Filologiya va tillarni oʻqitish (xitoy tili boʻyicha) BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: Xitoy tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent, Karimov A.A. TOSHKENT 2015 1

MUNDARIJA KIRISH....3 I-bob.Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi va uning grammatikadagi o rni...5 1.1. Xitoy tilida gap bo laklari haqida ma lumot.....5 1.2. Xitoy tilida to ldiruvchi haqida umumiy ma lumot......9 II-bob.Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi turlari...24 2.1. Xitoy tilida vositali to ldiruvchi va uning ifodalanishi.....24 2.2. Xitoy tilida vositasiz to ldiruvchi va uning ifodalanishi....29 2.3.Xitoy tilida qo shma va murakkab to ldiruvchi hamda to ldiruvchining semantik turlari haqida ma lumot...34 XULOSA....45 FOYDALANILGAN ADABIYOTLARRO YXATI...48 2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O zbekiston Respublikasi mustaqillgini qo lga kiritgach siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma naviy-ma rifiy sohalarda turli o zgarishlar yangiliklar ko zga tashlana boshlandi. Bugungi kunda davlatimizning ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va ma naviy hayotidagi tub o zgarishlarni amalga oshirish jarayonida fuqarolarning dunyoqarashida ham shunga monand islohotlar olib borish zarurligi ustuvor masalaga aylandi. Bu borada ijtimoiy-gumanitar fanlar, birinchi navbatda tilshunoslik zimmasiga yanada mas uliyatli vazifalar yukladi. Zero, o zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o rtasidagi ruhiy-ma naviy bog liqlik til orqali namoyon bo ladi. 1 O zbekistonning o z taraqqiyot yo lida chuqur islohotlar yo lidan borib, amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari til jabhalarida ham e tiborga molik ishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini bermoqda. Ayniqsa, insoniyatning XXI asr boshlarida kelib globallashuv davriga qadam qo yishi, kommunikatsiya va informatsiya aloqalarida tub burilishlar yasalayotganligi tilni o rganish, u bilan bog liq ilmiy tadqiqotlarni olib borishni yanada dolzarb qilib qo ymoqda. Hozirda xitoy tilini o rganishga talabning tobora ortib borishi, xitoy tili grammatikasi, leksik qatlami, umuman har bir jihatini yanada chuqurroq tadqiq etishga sabab bo lmoqda. Ushbu jiatlardan kelib chiqib, xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi turini, uning anglatgan ma nolarini o rganish mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o rganilganlik darajasi. Shu kunga qadar ko pgina xitoylik, shuningdek, rus hamda o zbek xitoyshunoslar tomonidan ushbu mavzu bo yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ta kidlab o tkanimizdek, odatda, xitoy tilida to ldiruvchi gap bo laklari tarkibida tadqiq etilgan. Bular jumlasiga Горелов В.И. Практическая грамматика китайского языка, Адъяа Гэрэлмаа tomonidan himoya qilingan Члены предложения в китайском языке в сравнении с монгольским языком nomzodlik ishi hamda xitoylik tilshunoslar 刘月华实用现代汉语语法 va boshqa ishlar kuzatiladi. 1 Karimov I. A.Yuksak ma naviyat yengilmas kuch. T., 2010. -B.10. 3

Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Xitoy tilida to ldiruvchi Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Xitoy tilida to ldiruvchi turlari. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ishimiz maqsadi xitoy tilida to ldiruvchi turlarini o rganish, ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo yildi: Xitoy tilida gap bo laklarini va unda to ldiruvchi o rnini o rganish Xitoy tilida to ldiruvchining semantik turlarini tahlil etish Xitoy tilida to ldiruvchining vositali va vositasiz turlarini o rganish Xitoy tilida to ldiruvchining tuzilish jihatdan turlarini o rganish Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Ushbu mavzuni yoritishda biz, asosan, XXR da chop etilgan xitoy tili darsliklari 2, rus tilidagi adabiyotlar 3 hamda internet saytlardagi manbalardan keng foydalanishga harakat qildik. Bitiruv malakaviy ishining metodlari. Ishimiz doirasida tavsifiy, tarkibiylingvistik metodlardan foydalandik. Ilmiy ishning yangiligi. Xitoy tilida to ldiruvchi vazifasida qo llaniluvchi so zlarning semantik jihatlari, sintaktik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o zbek tili bilan qiyosiy tahlillar asosida atroflicha tahlil etildi. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi va uning turlari deb nomlangan bitiruv malakaviy ishimiz, xitoy tili, xitoy tili grammatikasi bo yicha o qitiladigan o quv-uslubiy qo llanmalar, maxsus kurslar uchun ma ruza matnlari yaratishda amaliy manba bo lib xizmat qilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur bitiruv-malakaviy ishi Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi va uning turlari deb nomalanib, malakaviy ish kirish, ikki bob va xulosadan iborat. Birinchi bob Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi va uning grammatikadagi o rni deb nomlanib, uikki 2 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004., 现代汉语语法教程 / 丁崇明著.- 北京 : 北京大 学出版社,2009., 李临定.- 动词的宾语和结构的宾语, 语言教学与研究,1984 年第 3 期. 3 Горелов В.И. Практическая грамматика китайского языка.- М.: Внешторгиздат, 1957. 192 с. 4

fasldan tashkil topgan. Mazkur bobda xitoy tilida gap bo laklari va to ldiruvchining gapdagi o rni ko rib chiqildi. Ikkinchi bob Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi turlari deb nomlanib, mazkur bob 3 fasldan iborat bo lib, quyida birinchi faslda vositali to ldiruvchi va uning ifodalanishi, ikkinchi falsda vositasiz to ldiruvchi va uning ifodalanishi, uchinchi faslda qo shma va murakkab to ldiruvchi hamda to ldiruvchining semantik turlari ko rib chiqildi. Xulosada tadqiqot mavzusi bo yicha erishilgan natijalar bayoni keltirilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishimiz foydalanilgan adabiyotlar ro yxatidan tashkil topgan. 5

I BOB. Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi va uning grammatikadagi o rni 1.1. Xitoy tilida gap bo laklari haqida ma lumot Bir gap odatda faqatgina bir so zdan iborat bo lmaydi. Ushbu so zlar o rtasidagi o zaro munosabat turli xilbo ladi. Ba zi so zlar o rtasida to g ridanto g ri munosabat bo lib, ba zi so zlar esa boshqa so z bilan birikib so z birikmasi hosil qilgandan so nggina boshqa so zlar bilan munosabatga kirisha oladi. Masalan, 小组讨论整整进行了一天 4 Xiǎozǔ tǎolùn zhěngzhěng jìnxíngle yītiān. Tarjimasi : To garak muhokamasi bir kun davom etdi. Ushbu gapda 小组 va 进行 so zlari to g ridan-to g ri aloqaga kirishmagan, 整整 va 讨论 so zlari esa grammatik jihatidan bir-biriga bog lanmagan, 小组 va 讨论 so zlari o zaro bog langan bo lib, tobe munosabatli fe lli birikma hisoblanadi, 整整 va 进行了一天 so zlari o zaro bog langan bo lib, ular ham tobe munosabatli fe lli birikma hisoblanadi, 小组讨论 va 整整进行了一天 bu ikki birikma o zaro bog langan bo lib, ega-kesimli gapni hosil qilgan. Gapdagi har bir so z yoki so z birikmasining vazifasi har xil.masalan yuqoridagi gapda 小组讨论 gap tasvirlayotgan obyekt, unda 小组 so zi 讨论 so zini tasvirlab kelmoqda. 整整进行了一天 birikmasi 小组讨论 birikmasini tasvirlab kelmoqda, bunda 整整 so zi 进行了一天 birikmasini aniqlab kelmoqda, 一天 so zi 进行 harakati vaqtiga qo shimcha bildirmoqda. Gapni tashkil etgan so z yoki so z birikmalarining o rni, 4 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -20. 6

ular o rtasidagi o zaro aloqasi, vazifasi har xil jihatidan gapni bir nechta gap bo laklariga ajratiladi. Yuqoridagi gapni birinchi ikki qismga ajratsak bo ladi: 小组讨论 va 整整进行了一天 ega qismi va kesim qismi, undan so ng yanada chuqurroq tahlil etsak, ularni besh bo lakka ajratamiz: 小组, 讨论, 整整, 进行了, 一天. Gapni alohida bo laklarga ajratib chiqilgandagi qismlari, gap bo laklari deb nomlanadi. Xitoy tilida gap bo laklari 句子成分 Juzi chengfen deb ataladi. Gap bo laklari o rni, vazifasiga ko ra oltiga bo linadi, ular quyidagilar: 5 Ega bo lagi gapning obyektini tasvirlab keladi, kesim bo lagi esa ega bo lagini tasvirlab keladi. Istalgan ikki qo shma bo lakni ega va kesim bo laklariga ajratish mumkin. Kesim bo lagida asosiy vazifani bajaruvchi so z yoki so z birikmasi bu kesim bo lagi markazi hisoblanadi, u kesim deb nomlanadi. Fe l kesimli gapning 5 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -20. 7

kesimi fe l bilan ifodalangan bo ladi, 谓语动词 -weiyu dongci deb nomlanadi. Sifat kesimli gaplarning kesimi sifat bilan ifodalangan bo lib, 谓语形容词 weiyu xingrongci deb nomlanadi. Ot kesimli gaplarning kesimi ot so z turkumiga oid so z yoki so z birikmasi bilan, ega-kesim birikmali kesimli gaplarning kesimi egakesim birikmasi bilan ifodalangan bo ladi. Fe l-kesimli gaplarning kesim bo lagida harakat yo nalgan obyekt, to ldiruvchi hisoblanadi, odatda ot bilan ifodalanadi. Masalan, 我写字 -Wǒ xiě zì. Men iyeroglif yozaman. Ushbu gapda 字 iyeroglif so zi 写 yozaman so zining to ldiruvchisi hisoblanadi. Fe l kesim va sifat kesimdan so ng kelgan qo shimcha bo lak to liqlovchi hisoblanib, ko pincha fe l shaklli so zlar bilan ifodalanadi. Sonli birikma ham to liqlovchi hisoblanadi. Masalan, 他唱得很好 -Tā chàngdé hěnhǎo. U juda yaxshi kuylaydi. 这朵花红极了 -Zhè duǒ huā hóngjíle. Bu gullar juda qizil. 我去了三次 -Wǒ qùlesāncì. U uch marotaba bordi. Ushbu gaplardagi 很好, 极, 三次 so zlari to liqlovchi hisoblanadi. Kesimdan so ng kelib, uni tasvirlab keladigan bo lak hol hisoblanadi. Masalan, 小组讨论整整进行了一天 va 他很高兴 gapida 整整 hamda 很 so zlari hol hisoblanadi. Hol ba zan egadan oldin ham keladi. Masalan, 昨天我们看了一场电影 -Zuótiān wǒmen kànle yī chǎng diànyǐng. Kecha biz bir film ko rdik. Ushbu gapda 昨天 o rin holi hisoblanadi. Ushbu o rin holi ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 8

Ega bo lagi agarda tobe munosabatli otli birikma bo lsa, uni tasvirlab kelayotgan bo lak aniqlovchi hisoblanadi. Masalan, 我弟弟是学生 -Wǒ dìdì shì xuéshēng. Mening ukam o quvchi. Ushbu gapda 我 so zi aniqlovchi hisoblanadi. Olmosh so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. To ldiruvchi oldidan aniqlab kelgan bo lak ham aniqlovchi hisoblanadi. Masalan, 他是我的老师 -Tā shì wǒ de lǎoshī. U mening o qituvchim. 他们对我们表示热烈的欢迎 -Tāmen duì wǒmen biǎoshì rèliè de huānyíng. Ular bizni samimiy kutib oldilar. Ushbu gaplarda 我的, 热烈的 so zlari aniqlovchi hisoblanadi. 我的 - mening- so zi olmosh so z turkumiga oid bo`lib, 的 de egalik qo shimchasini olib kelgan. 热烈的 - so zi ravish so z turkumiga oid so z bo lib, to ldiruvchini aniqlab kelmoqda. Xitoy tilida oltita bo laklarning o rni bir xil emas. Ega bosh bo lagi kesim bosh bo lagiga, to ldiruvchi fe l kesimga, tovliqlovchi fe l-kesim yoki sifat kesimga, hol ba zan kesimning butun bo lagiga ba zan kesimni aniqlab keladi, aniqlovchi esa ega yoki to ldiruvchini aniqlab keladi. Fe l-kesimli gapga tayangan holda olsak, xitoy tilida gapdagi so zlar tartibi quyidagicha: Aniqlovchi +ega/+hol+kesim+tovliqlovchi+ aniqlovchi+to ldiruvchi 6 Aniqlovchi, hol, to ldiruvchi, to liqlovchi va ega, kesim hamda terminlar so z birikmasida qatnashgan so zlar va so zlar o rtasidagi grammatik munosabatni ifodalaydi. Ot so z turkumiga oid so z gapning egasi yoki to ldiruvchisi bo lishidan qat iy nazar aniqlovchi ot so z turkumiga oid so zni aniqlab keladi: 6 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -21. 9

Masalan, 小刘是北京人 -Xiǎoliú shì běijīngrén. XiaoliuPekinlik. Ushbu gapda 北京 aniqlovchi, ot bilan ifodalangan, to ldiruvchini aniqlab kelmoqda. Turdosh ot hisoblanadi, ushbu gapning egasi 小刘, to ldiruvchisi 人 bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Gapning kesimi 是 hisoblanadi. Quyidagi jadvalda xitoy tilida gap bo laklari va ularning kesim bosh bo lagi yoki ega bosh bo lagiga tegishliligi ko rsatib o tilgan. 1.2. Xitoy tilida to ldiruvchi haqida umumiy ma lumot To ldiruvchi xitoy tilida 宾语 bīn yǔ deb nomlanadi, shuning bilan birga 受词 shouci deb ham nomlanadi, xitoy tilida to ldiruvchi harakatning qabul qiluvchisini bildiradi. 10

To ldiruvchi egaga tegishli emas, to ldiruvchi kesimga tegishli bo lak hisoblanadi. U harakat-holatga tegishli bo lgan predmetga ishora qiladi, harakat bildirgan holatni yanada to liqroq, aniqroq bildirib keladi. Shuning uchun ham to ldiruvchini fe l (kesim) ning aloqador bo` agi, tegishli obyekti deyish mumkin. To ldiruvchi hech qanday yordamchi so zlarga bog`liq emas, u to g ridan-to g ri fe l bilan birikib, fe lni boshqarish vazifasini qabul qladi. 7 To ldiruvchining farqlanishi va old qismda keluvchi to ldiruvchi Ko pgina vaziyatlarda ma lum bir til bo lagini aniqlashda to ldiruvchi ikki holatda bo`ladi: birinchisi harakatga tegishli obyektni ifodalaydi, ikkinchisi esa fe ldan so`ng keladi. Mazkur o rinda fe ldan sovng keluvchi muhim holat hisoblanadi. Chunki xitoy tilida to` diruvchi to g ridan-to g riharakatning qabul qiluvchi tomonidan belgilanmaydi. Masalan, 台上坐着主席团, 我家来了一位客 人 gaplarida 主席团 va 一位客人 so zlari qabul qiluvchi bo lib, barchasi to ldiruvchi hisoblanadi. Yuqorida ega gap bo lagi haqida so z yuritilganda aytib o tilganidek, ega ham qabul qiluvchi aloqasiga ko ra belgilanmaydi. Fe l-kesimli gaplarda ega vato ldiruvchining ajratilishi ularning gapdagi kelgan o rniga ko ra amalga oshiriladi, odatda fe ldan oldin kelgan bo lak ega bo lagi bo lib, fe ldan keyin kelgan bo lak to ldiruvchi hisoblanadi. Masalan, 1) 三十个人吃一锅饭 8 Sānshí gè rén chī yīguō fàn. O ttiz kishi bir qozon ovqatni yeydi. Usbu gapning to ldiruvchisi 一锅饭 bir qozon ovqat bo lib, mazkur to ldiruvchi 吃 yemoqkesimining obyekti bo lib, harakatni qabul qiluvchi obyektni bildirib kelmoqda, shuning uchun ham obyekt to ldiruvchi hisoblanadi. Xitoy tilida obyekt to ldiruvchi 受事宾语 shòushìbīnyǔ deb nomlanadi. 7 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -269. 8 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -269. 11

2) 一锅饭吃三十个人 Yīguō fàn chī sānshí gè rén. Bir qozon ovqatni o ttiz kishi yeydi. Ushbu gapning to ldiruvchisi 三十个人 (o ttiz kishi), mazkur to ldiruvchi 吃 yemoqfe lining bajaruvchisi bo lib, subyekt to ldiruvchi hisoblanadi. Xitoy tilida subyekt to ldiruvchi 施事宾语 shīshìbīnyǔ deb nomlanadi. 3) 太阳晒着花了 9 Tàiyáng shài zhe huā le. 4) 花晒着太阳了 Huā shài zhe tàiyang le. Uchinchi va to rtinchi misollarda holat bir xil. Obyekt to ldiruvchi va subyekt to ldiruvchidan tashqari, na obyekt to ldiruvchi va na subyekt to ldiruvchilar bo lmagan to ldiruvchilar turi ham mavjud. Masalan : 5) 这种花叫二月兰 Zhè zhǒng huā jiào èr yuèlán. Ushbu turdagi gul eryuelan deb nomlanadi. Ushbu gapda 二月兰 so zi to ldiruvchi hisoblanib, na subyekt va na obyekt to ldiruvchi hisoblanadi. 6) 我们都是同事 Wǒmen dōushì tóngshì. Bizlar hamkasblarmiz. Mazkur gapning to ldiruvchisi 同事 so zi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 7) 小芳不象她的妈妈, 象爸爸 Xiǎofāng búxiàng tā de māmā, xiàng bàba. Xiaofang onasiga o xshamaydi, otasiga o xshaydi. Mazkur gapning to ldiruvchisi 妈妈 va 爸爸 so zlari hisoblanadi, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 9 O`shamanba.- 页 -269. 12

8) 我们的宿舍楼前边有一个网球场和一个排球场 10 Wǒmen de sùshè lou qián bian yǒu yí gè wǎngqiúchǎng hé yí gè páiqiúchǎng. Bizning yotoqxona ro parasida bitta tennis maydonchasi va bitta volleybol maydonchasi bor. Ushbu gap to ldiruvchisi 网球场 va 排球场 so zlari hisoblanadi.yuqoridagi to rtta misolda ifodalangan to ldiruvchilar subyekt to ldiruvchi ham obyekt to ldiruvchi ham hisoblanmaydi. To ldiruvchi kesimdan oldin ham kelishi mumkin, bu o rinda u old qismda keluvchi to ldiruvchi deb nomlanadi.xitoy tilida old qismda keluvchi to ldiruvchi 前置宾语 qiánzhìbīnyǔ deb nomlanadi. Masalan : 9) 我上海去过, 广州没去过. Wǒ shànghǎi qùguò, guǎngzhōu méi qùgu ò. Men Shanhayga borganman, Guangjouga bormaganman. Ushbu gapda 上海 va 广州 so zlari gapda to ldiruvchi vazifasida kelmoqda, ular kesimdan oldin kelganliklari uchun old qismda keluvchi to ldiruvchi deb nomlanadi. 10) 他这也不吃, 那也不吃 Tā zhè yě bú chī nà yě bú chī. U buni ham yemaydi, uni ham yemaydi. Ushbu gapda 这 va 那 so zlari gapning to ldiruvchi hisoblanib, old qismda keluvchi to ldiruvchi deb nomlanadi. 11) 他谁都不认识 Tā shuí dōu bú rènshi. U hec kimni tanimaydi. Mazkur gapning to ldiruvchisi 谁 so zi bo lib, olmosh so z turkumiga oid kishilik olmoshi bilan ifodalangan, old qismda keluvchi to ldiruvchi hisoblanadi. 10 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -270. 13

12) 这次听写, 他一个字也没写错 Zhècì tīngxiě, tā yí gè zì yě méi xiě cuò. Shu safargi diktantda u umuman xato qilmadi. Ushbu gapda 字 so zi to ldiruvchi vazifasida kelib, old qismda keluvchi to ldiruvchi hisoblanadi, ot soz turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Old qismda keluvchi to ldiruvchi chegaralangan. Gapda harakatni qabul qiluvchi subyekt kelib, bundan tashqari gapdagi harakatni qabul qiluvchi obyekt harakatni qabul qiluvchi subyektdan so ng kelganidagina, bunday obyekt qabul qiluvchi old qismda keluvchi to ldiruvchi bo`la oladi. Old qismda keluvchi to ldiruvchi ko pincha ko rsatish va tanlash mazmunidagi gaplarda keladi. Misol qilib yuqorida ko rsatib o`tilgan, tahlil qilingan gaplarni keltirish mumkin. Agarda harakatni qabul qiluvchi obyekt harakatni qabul qiluvchi subyektdan oldin kelsa, bunday gap subyekt-predikativ gap deb nomlanadi, harakatni qabul qiluvchi obyekt butun gapni tushuntirib beruvchi, hikoya qilib beruvchi obyektga aylanadi, bu bo lak ega hisoblanadi. Masalan : 11 13) 上海我去过, 广州我没去过 Shànghǎi wǒ qùguò, guǎngzhōu wǒ mé i qùguò. Shanhayga men borganman, Guanjouga bormaganman. 14) 这他也不吃, 那他也不吃, 不知他要吃什么 Zhè tā yě bú chī, nà tā yě bú chī, bú zhī tā yào chī shénme. U buni ham yemaydi, uni ham yemaydi, u nima yeyishini bilmayman. 15) 谁他都不认识 Shuí tā dōu bú rènshi. U hech kimni tanimaydi. 16) 这次听写, 一个字他都没写错 Zhècì tīngxiě, yí gè zì tā dōu méi xiěcuò. Bu safargi diktantda u bir so zni ham xato yozmabdi. Shunday turdagi subyekt-predikativ gaplar ko rsatish yo tanlash mazmunidagi gaplar bo lishi shart emas. Masalan : 11 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -270. 14

17) 这类书我看过了, 还不错 Zhè lèi shū wǒ kàn guò le hái bú cuò. Bu turdagi kitoblarni men o qib ko`rganman, juda yaxshi. 18) 小李我认识 Xiǎolǐ wǒ rènshi. Xiaolini men taniyman. Ba zi gaplarda fe l-kesimga tegishli bo lgan obyekt ikkita bo ladi, gapda ikkita to ldiruvchi keladi. Masalan : 19) 张老师教我们汉语 Zhāng lǎoshī jiào wǒmen hànyǔ. Ustoz Jang bizga xitoy tilidan saboq beradilar. 20) 王老师告诉我们班下午上答疑课. Wáng lǎoshī gàosù women bān xiàwǔ shàng dāyíkè. Ustoz Vang bizning guruhga tushlikdan so ng savollarga javob berish darsi bo lishini aytdi. Yuqoridagi (19, 20) gaplardagi kesim ikki to ldiruvchiga ega: biri odamga ishora qiladi ( yoki guruh, bo lim, biri predmetga ishora qiladi. Predmetga ishora qiluvchi vositasiz to ldiruvchi deb nomlanadi, odamga ishora qiluvchi vositali to ldiruvchi deb nomlanadi.gapning tuzilishiga ko ra, vositali to ldiruvchi kesimdan so`ng keladi, vositasiz to ldiruvchi esa vositali to ldiruvchidan keyin keladi, masalan yuqorida berilgan gapda 我们, 我们班 so zlari vositali to ldiruvchi bo lib, 汉语, 答疑课 so zlari vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. 12 Xitoy tilida to ldiruvchi ikki turga bo linadi: 直接宾语 Zhíjiē bīnyǔ ---vositasiz to ldiruvchi; 间接宾语 Jiànjiē bīnyǔ ---vositali to ldiruvchi; Xitoy tilida vositasiz to ldiruvchi harakatni butunlay o ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi, vositali to ldiruvchi harakatni butunlayo ziga qabul qilmaydi, lekin harakat ta sir etgan obyektni qabul qiladi. Odatda o timli fe ldan so ng kamida bitta to ldiruvchi keladi, mazkur to diruvchi ko p hollarda vositasiz 12 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -270. 15

to ldiruvchi bo ladi, ba zi o timli fe llar ikkita to ldiruvchini talab qiladi, ushbuikki to ldiruvchidan biri vositasiz to ldiruvchi, yana biri esa vositali to ldiruvchi bo ladi. O zbek tilida to ldiruvchilar ham ikkiga bo linadi: 1. Vositasiz to ldiruvchi harakatni o ziga qabul qilgan, harakat bevosita o ziga o tgan predmetni bildiradi va kimni? nimani? qayerni? so roqlariga javob bo ladi. Bu to ldiruvchi ko pincha tushum kelishigi shaklidagi so z bilan ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay o ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi: 1) Ot bilan: Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan aytdilar. 2) Olmosh bilan: Sizni chaqirishyapti. 3) Otlashgan so zlar bilan: otlashgan sifat bilan: Yaxshini maqtasang yarashadi; otlashgan son bilan: Uchni o nga ko paytiring; otlashgan sifatdosh bilan: Bo linganni bo ri yer; otlashgan ravish bilan: Ko pini sizdan o rgangan; otlashgan taqlid so z bilan: Etigining g arch-g urchini eshitdi; otlashgan undov so z bilan: Oh-vohini hech kim sezmasin; otlashgan modal so z bilan: Borini sarfladi. 4) Ibora bilan: O ziga birovning oz-moz til tekizishini ko tarmasdi. 5) So z birikmasi bilan: Sen ko rganni u ham ko rgan. Vositasiz to ldiruvchi tushum kelishik qo shimchasisiz ham qo llanadi: O quvchilar hozir kitob o qishyapti. Vositasiz to ldiruvchi ba zan chiqish kelishigidagi so z bilan ham ifodalanadi, bunda u harakatni qisman o ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi: Qani oshdan oling! 2. Vositali to ldiruvchi kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? kabi so roqlarga javob bo ladi va quyidagicha ifodalanadi: 1) Ot bilan: Xatni qalam bilan yozdim. 2) Olmosh bilan: Ravshan sen bilan boradi. 3) Otlashgan so zlar bilan: 16

otlashgan sifat bilan: Yaxshiga yondash, yomondan qoch; otlashgan son bilan: Beshdan ikkini ayirish kerak; otlashgan sifatdosh bilan: Aytganimga ko nishmadi; otlashgan ravish bilan: Kamiga uzr so raymiz; otlashgan taqlid so z bilan:zambaraklarning gumbur-gumburiga quloq soldi; otlashgan undov so z bilan: Uning dod-voyiga quloq solmadi; otlashgan modal so z bilan: Boriga shukur qilish kerak. 4) Ibora bilan: Og zi bo shga ishonib bo lmaydi. 5) So z birikmasi bilan: Kecha kelmaganlarga xabar berish kerak. Ko makchilar yordamida shakllangan vositali to ldiruvchilar bilan xuddi shu ko rinishda shakllangan vaziyat hollari savollarga qarab farqlanadi: Paxta mashina bilan terildi (nima bilan? to ldiruvchi).paxta zavq bilan terildi (qanday? hol). Jo nalish, o rin-payt va chiqish kelishigidagi so zlar doimo to ldiruvchi bo lib kelavermaydi, ular hol vazifasini ham bajaradi, bunda ham ular savolga qarab farqlanadi: U yolg ondan (yolg ondakamiga, jo rttaga) hayron bo ldi (qanday? hol).u akasidan eshitdi (kimdan? to ldiruvchi).u maktabga bordi (qayerga? hol).menga gapirdi (kimga? to ldiruvchi). A.A.Dragunov xitoy tilida to ldiruvchilarni ikki asosiy turga ajratadi: nopredrikat va predikat to ldiruvchilar. Ko pgina xitoylik tilshunoslar fe ldan so ng kelgan ot so z turkumiga oid so zni fe l bilan qanday aloqada bo lishidan qat iy nazar to ldiruvchi deb hisoblaydilar. Agar to ldiruvchi terminini shunday tushunadigan bo lsak, u holda xitoy tilidagi har bir fe lni o timli fe l deb atash kerak, chunki har bir fe ldan so ng ot so z turkumiga oid sovz kelishi mumkin. Shuning uchun ko pgina fe ldan so ng kelgan otni to ldiruvchi deb hisoblovchi tilshunoslar fe llarni o timli va o timsiz turlarga ajratishni tan olmaydilar. Fe ldan so ng kelgan ko makchisiz har bir ot so z turkumiga oid so zni to ldiruvchi deb atash kerak emas. Dragunov vositasiz to ldiruvchi deb faqatgina fe ldan so ng kela oladigan emas, fe ldan oldin ham kela oladigan so zni atashni taklif etgan. 17

Xitoy tilida to ldiruvchi fe l bilan yaqin bog langan bo lib, yevropa tillarida Nima qilyapsan?savoliga bir fe l yordamida javob berish mumkin, masalan, o qiyapman, yozyapman va boshqalar., xitoy tilida esa bunday qilib bo lmaydi, fe ldan so ng albatta ob yekt kelishi shart, masalan gazeta o qiyapman 看报, xat yozyapman 写信 va boshqalar. 13 To ldiruvchining qo llanilishi : 请让我看看你的票 Qǐng rang wǒ kàn kàn nǐ de piào. Chiptalaringizni (vositali to ldiruvchi) menga (vositasiz to ldiruvchi) ko rsating. Mazkur gapda 我 vositasiz to ldiruvchi, olmosh so z turkumiga oid, kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo lib, 票 vositasiz to ldiruvchi, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. To ldiruvchi odatda o timli fe ldan so ng kelib, harakat ishora qilayotgan obyektni ifodalaydi. 名词作宾语 --Míngcí zuò bīnyǔ--: To ldiruvchi ot bilan ifodalanishi : 请出示护照 Qǐng chūshì hùzhào.-iltimos pasportingizni ko rsating. Ushbu gapda 护照 so zi to ldiruvchi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 代词作宾语 --Dàicí zuò bīnyǔ--: Olmosh bilan ifodalanishi : 她什么也没说 ( 此处为反身代词 ) Tā shénme yě méi shuō. U hech narsa demadi. Yuqoridagi gapda 什么 so zi to ldiruvchi vazifasini bajarib kelmoqda, olmosh so z tukumiga oid, kishilik olmoshi bilan ifodalangan. 13 Члены предложения в китайском языке в сравнении с монгольским языком.адъяа Гэрэлмаа.автореферат диссертации по филологии.2007 г. 18

数词作宾语 -Shù cí zuò bīnyǔ -: Son bilan ifodalanishi: 你要几个?- 我要两个 Nǐ yàojǐ gè?-wǒ yàoliǎnggè. Senga nechta kerak?- Menga ikkita kerak. Yuqoridagi gapda 两个 so zi to ldiruvchi vazifasida kelib, son so z turkumiga oid so z hamda hisob so z bilan ifodalangan. 你要多少牛奶? 一瓶 Nǐ yàoduōshǎoniúnǎi? Yī píng. Senga qancha sut kerak?- Bir shisha. Mazkur gap to ldiruvchisi 一瓶 bo lib, son hamda hisob so z birikmasi bilan ifodalangan. 名词化的形容词作宾语 : --Míngcí huà de xíngróngcí zuò bīnyǔ --Otlashgan sifat bilan ifodalanishi: 他们把伤员送到医院 Tāmen bǎ shāngyuán song dào yīyuàn. Ular shikastlanganni kasalxonaga yuvorishdi. Mazkur gap to ldiruvchisi 伤员 so zi hisoblanib, otlashgan sifat bilan ifodalangan, ushbu gap 把 old ko makchili gap hisoblanadi. 不定式或 ing 形式作宾语 : Noaniq shakl bilan ifodalanishi 他们要求看我的护照 Tāmen yāoqiú kàn wǒ de hùzhào. Ular meni pasportimni ko rsatishimni so rashdi. Ushbu gapda 护照 so zi to ldiruvchi hisoblanib, gapda vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelmoqda. 我和你们一道工作很愉快 Wǒ hé nǐmen yīdào gōngzuò hěn yúkuài. Men sizlar bilan birga ishlaganimdan hursandman. Ushbu gapda 你们 so zi to ldiruvchi vazifasida kelmoqda. 19

从句作宾语 :--Cóngjù zuò bīnyǔ:--gap bilan ifodalanishi 你把他的话写下了没有?Nǐ bǎ tā dehuà xiě xiàle méiyǒu? Sen uning gaplarini yozib oldingmi yo qmi? Ushbu gapda 他的话 birikmasi to ldiruvchi vazifasida kelmoqda, to ldiruvchi gap bilan ifodalangan. To ldiruvchining grammatikadagi o rni Bog lovchi vosita so zlar To ldiruvchi ergash gapning bosh gapni ergash gap bilan bog lovchi vositalari uch xil bo ladi: 1.Darak gapdan tuzilgan to ldiruvchi ergash gap, gaplarni bog lovchi vosita ingliz tilida that yordamchi so zi qo llaniladi, xitoy tilida esa bog lovchi vositalarsiz ohang bilan ikki sodda gap bog lanadi. Ovzbek tilida ushbu gaplar sodda gaplar hisoblanadi. Masalan: 我认为他会坐火车来这儿的 -Wǒ rènwéi tā huì zuò huǒchē lái zhè'er de. Tarjimasi: Men uni bu yerga poyezdda keladi deb o ylabman. I think(that)he will come here by train. 2.Oddiy so roq gapdan tuzilgan to ldiruvchi ergash gap, gaplarni bog lovchi vosita ingliz tilida if yoki whether sovzlari bo lib, xitoy tilida gaplar bog lovchi vositalarsiz ohang yordamida bog lanadi. Masalan, 他问我是否知道他的新地址 Tā wènwǒ shìfǒu zhīdào tā de xīn dìzhǐ Tarjimasi: U mendan uning yangi mazilini bilish-bilmasligimni so radi. He asked me if / whether I knew his new address. 3.Maxsus so roq gapdan tuzilgan to ldiruvchi ergach gap, gaplarni bog lovchi vosita maxsus so roq so zlar qachon, nima, qayer va boshqalar hisoblanadi. Masalan : 20

我想知道你昨天什么时候到家的 Wǒ xiǎng zhīdào nǐ zuótiān shénme shíhòu dàojiā de.u sen kecha uyga soat nechada kelganingni bilmoqchi. I want to know when you got back home yesterday. So z tartibi To ldiruvchi ergash gapdagi so zlar tartibi huddi darak gap tartibidek, 主语 -Zhǔyǔ-Ega + 谓语 - Wèiyǔ-Kesim + 宾语 -Bīnyǔ-To ldiruvchi+ 其他 boshqalar. Ya ni so roq gap to ldiruvchi ergash gapga aylantirilgan vaqtda so roq gap so zlar tartibini darak gap so zlar tartibiga o zgartirish lozim. Masalan, 你能告诉我他明天将要做什么吗? Nǐ néng gàosù wǒ tā míngtiān jiāngyào zuò shénme ma? U ertaga nima qilmoqchiligini menga ayta olasanmi? Mazkur so roq gap to ldiruvchi ergash gapda ega vazifasida kelganda, so z tartibi o zgarmaydi. Masalan, 你知道什么事使他如此兴奋吗?Ni zhidao shenme shi shi ta ruci xingfen ma? U nima shunchalik hayratga solishini bilasizmi? 我不知道他出什么事了 Wo bu zhidao ta chu shenme shi le. Unga nima bo lganligini bilmayman. Vaqt kategoriyasi Bosh gap odatda hozirgi zamonda bo lib, to ldiruvchi ergash gap holatga qarab istalgan vaqtda kelishi mumkin; lekin bosh gap o tgan zamonda bo lsa, to ldiruvchi ergash gap o tgan zamondagi ma lum bir vaqtni ifodalaydi. Masalan, 她说她将要坐公交车来 Ta shuo ta jiang yao zuo gongjiao che lai. She tells me that she will come by bus. 21

U atobusda kelishi aytadi. Ushbu gapda 公交车 so`zi to ldiruvchi vazifasida kelmoqda, to ldiruvchi ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Ingliz, o zbek va rus tillarida murakkab gaplarda zamon aniq ifodalanadi, xitoy tilida esa ergash gapli qo shma gaplarda bu jihatni uchratmaymiz. 她说她将要坐公交车来 Tā shuō tā jiāngyào zuò gōngjiāo chē lái. U avtobusda kelishini aytdi. She told me that she would come by bus. Agarda to ldiruvchi ergash gap ifodalayotgan ma no ilm-fan doirasida, aniq fakt bo lsa, harakatni bildiruvchi fe l odatda hozirgi zamonda keladi. Masalan, 老师告诉我们说太阳比月球大得多 Lǎoshī gàosù wǒmenshuō tàiyángbǐ yuèqiú dà dé duō. Ustoz bizga quyosh oydan ancha kattaligini aytdi. Our teacher told us that the sun is much bigger than the moon. Xitoy tilida to ldiruvchi odatda fe ldan so ng keladi, lekin boshqa turlari ham bo lib ular haqida keyinroq ma lumot berib o tamiz. To ldiruvchi odatda ot va olmosh so z turkumidagi so z bilan ifodalanadi. Masalan : 我喝茶 wǒ hē chá - 茶 shu o rinda to ldiruvchi. Xitoy tilida to ldiruvchi o zbek va rus tillari kabi vositali va vositasiz turlarga bo linadi. Fe l-ob yekt konstruksiya orqali ifodalangan to ldiruvchilar ham mavjud bo lib, rus tiliga ushbu konstruksiya bir so z bo lib tarjima qilinadi, ya ni xitoy tilidagi so z birikmasi rus tilida bir so zga teng keladi, o zbek tilida ham bir so z ham so z birikmasiga teng keladi. Masalan, 吃饭 chīfàn - ovqatlanmoq, ovqat yemoq ; 吸烟 xīyān chekmoq, sigareta chekmoq ; 22

Bunday konstruksiyalarga aniqlik kiritiladigan bo lsa, ular vositasiz to ldiruvchilarga aylanadi: 吃晚饭 chī wǎnfàn kechki ovqatni yemoq ; To ldiruvchini ifodalovchi so zlar To ldiruvchi asosan ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalanadi. Masalan : 看中国古典小说.Kàn zhòng guó gǔdiǎn xiǎoshuō.tarjimasi :Mumtoz xitoy asarlarini o qish. Mustaqil ma noli olmosh so z turkumiga oid so z to ldiruvchini ifolalab kelishi mumkin. Masalan, 你要什么?Nǐ yào shénme?-tarjimasi : Senga nima kerak? Lekin xitoy tilida to ldiruvchi faqatgina mustaqil ma noli so zlar bilan ifodalanibgina qolmay, predikat ham to ldiruvchini ifodalab kelishi mumkin.bu xitoy tilining o ziga xosliklaridan biridir. Misol uchun : 女孩儿都爱漂亮 Nǚháiér dōu ài piàoliang. Qizlar go zalllikni yoqtirishadi. Ushbu gapda to ldiruvchi sifat so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan.bu so z otlashgan sifat hisoblanadi.vositasiz to ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifdalangan. 她特别喜欢游泳 14 Tā tèbié xǐhuān yóuyǒng. U suzishni juda yoqtiradi. Ushbu gapda fe l so z turkumiga oid so z to ldiruvchini ifodalab kelgan.ushbu to ldiruvchi ham vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. 你们准备接他的班 Nǐmen zhǔnbèi jiē tā debān. Siz ularni guruhini kutib olishga tayyorlaning. 14 现代汉语语法教程 / 丁崇明著.- 北京 : 北京大学出版社,2009. 页 39. 23

Ushbu gapda to ldiruvchi fe lli birikma bilan ifodalangan bo lib, vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. 我认为人人都会这样做的 Wǒ rènwéi rénrén dūhuì zhèyàng zuò de.--- Menimcha hamma shunday qila oladi. Ushbu gapda to ldiruvchi ega-kesimli birikma orqali ifodalangan bo lib, vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. 15 Zamonaviy xitoy tilida to ldiruvchi To ldiruvchi harakat yo nalgan obyektni ifodalab, doim fe ldan so ng keladi. Ot, olmosh, son, otlashgan sifat, noqaniq shakl, otlashgan fe l, to ldiruvchi ergash gap bilan ifodalanib keladi. (1)ot bilan ifodalangan to ldiruvchi - 名词性宾语 Misol uchun : 玫瑰花我给你们俩十朵, 给你紫红的, 给她粉红的 Méiguī huāwǒ gěi nǐ men liǎ shí duǒ, gěi nǐ zǐhóng de, gěi tā fěnhóng de. Men ikkalangingizga 10 buket atirgul beraman, senga siyohrang, unga pushti. Ushbu gapda to rtta to ldiruvchi qatnashgan, 玫瑰花 atirgul- vositasiz to ldiruvchi, 你们 va 你, 她 lar vositali to ldiruvchi hisoblanib, ular qo shma to ldiruvchilardir. Vositasiz to ldiruvchi ot bilan, vositali to ldiruvchilar esa olmosh bilan ifodalangan. (2)Predikat bilan ifodalangan to ldiruvchi Masalan : 最有效的防御手段是进攻 ( 动词作宾语 )Zuì yǒuxiào de fángyù shǒ uduàn shì jìngōng.(dòngcí zuò bīnyǔ) 15 现代汉语语法教程 / 丁崇明著.- 北京 : 北京大学出版社,2009.1.- 页.39. 24

Mudofaaning eng samarali vositasi bu hujum. (to ldiruvchi fe l bilan ifodalangan) 谁说女子不如男?( 主谓短语作宾语 )Shuí shuō nǚzǐ bùrú nán?(zhǔ wèi duǎnyǔ zuò bīnyǔ) Kim ayollar erkaklarga yetisholmaydi deydi? (to ldiruvchi ega va kesim birikmasi bilan ifodalangan) 早上一起床, 大家发现风停了, 浪也静了 ( 复句形式作宾语 )Zǎ oshang yī qǐchuáng, dàjiā fāxiàn fēng tíngle, làng yě jìngle.(fùjù xíngshì zuò bī nyǔ) Ertalab turishligi bilanoq hamma shamol to xtaganini, bo ron sokinlashganligini sezdi. ( to ldiruvchi murakkab gap bilan ifodalangan) Birinchi bob bo yicha xulosalar: 1. Xitoy tilida gap dastlab ikki katta bo laklarga bo linadi. Birinchisi ega qism bo lagi. Ikkinchisi kesim qism bo lagi hisobalanadi. Xitoy tilida 主语部分, 谓语部分 deb nomlanadi. 2. Ega qism bo lagiga ega va aniqlovchi gap bo lagi kiradi. 3. Kesim qism bo lagiga kesim, to ldiruvchi, to liqlovchi va hol gap bo laklari kiradi. 4. To ldiruvchi xitoy tilida 宾语 bīn yǔ hamda 受词 shouci deb ham nomlanadi. Xitoy tilida vositasiz to ldiruvchi harakatni butunlay o ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi, vositali to ldiruvchi harakatni butunlay o ziga qabul qilmaydi, lekin harakat ta sir etgan ob yektni qabul qiladi. 5. Xitoy tilida to ldiruvchi ot, olmosh, otlashgan sifat, predikat hamda gap bilan ifodalanilishi mumkin. 6. Xitoy tilida to ldiruvchi harakat qabul qiluvchiga tegishliligiga ko ra ikki turga bo linadi: obyekt to ldiruvchi va subyekt to ldiruvchi. 25

7. Old qismda keluvchi to ldiruvchilar kesimdan oldin keladi, lekin barcha kesimdan oldin kelgan to ldiruvchini old qiqsmda keluvchi to ldiruvchi deb atamaymiz. 8. Ham subyekt to ldiruvchi ham obyekt to ldiruvchi bo lmagan to ldiruvchi turlari ham mavjud II BOB.Xitoy tili grammatikasida to ldiruvchi turlari 2.1. Xitoy tilida vositali to ldiruvchi va uning ifodalanishi Subyektga ishora qiluvchi bo lak vositali to ldiruvchi deb nomlanadi, xitoy tilida 间接宾语 ji à nji ē b ī ny ǔ deb ataladi. Vositali to ldiruvchi harakatni 26

butunlay o ziga qabul qilmaydi, lekin harakat ta sir etgan obyektni qabul qiladi. Gapda odatda kesimdan so ng keladi. Vositali to ldiruvchi ko makchilar bilan birga qo llasa bo ladi, shuning bilan birga ko makchilarsiz ham. Vositali to ldiruvchi ko makchilarsiz 给 gěi (bermoq ), 问 wèn (so ramoq), 送 sòng (sovg a qilmoq) va boshqa fe llar bilan birga qo llaniladi. Eng ko p qo llaniladigan fe l 给 gěi hisoblanadi. So zlar tartibi quyidagicha bovladi: Ega kesim-vositali tovldiruvchi-vositasiz to ldiruvchi Masalan : 我给他一本书 Wǒ gěi tā yī běn shū. Men unga bitta kitobni berdim. Ushbu gapda 他 vositali to ldiruvchi, olmosh so z turkimiga oid so z ya ni, kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo lib, kesimdan so ng keladi. 书 so zi vositasiz to ldiruvchi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan, gapda vositali to ldiruvchidan so ng keladi. 我的朋友送我很有意思的书 Wǒ de péngyǒu sòng wǒ hěn yǒuyìsi de shū Mening do stim menga juda qiziqarli kitobni berdi. Ushbu gapda 我 vositali to ldiruvchi, olmosh so z turkimiga oid so z, ya ni, kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo lib, kesimdan so ng keladi. 书 so zi vositasiz to ldiruvchi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan, gapda vositali to ldiruvchidan so ng keladi. 李老师教我们汉语语法 Lǐ lǎoshī jiào wǒmen hànyǔ yǔfǎ Li ustoz bizga xitoy tili grammatikasini o rgatadi. 27

Ushbu gapda 我们 vositali to ldiruvchi, olmosh so z turkimiga oid so z, ya ni, kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo lib, kesimdan so ng keladi. 汉语语法 so zbirikmasi vositasiz to ldiruvchi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan, gapda vositali to ldiruvchidan so ng keladi. Vositali to ldiruvchi ko makchilar bilan ifodalanishi: Bunday ko makchilarga quyidagi ko makchilar kiradi: 1) 给 gěi ( 给 gěi fe'li bilan emas ). Mazkur ko makchi odatda kimga?, nimaga?savollariga javob bo ladigan to ldiruvchilar bilan qo llaniladi. Masalan : 我给妈妈写信 Wǒ gěi māmā xiě xìn.---men onamga xat yozaman. Mazkur gapda 妈妈 vositali to ldiruvchi, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan bo lib, kesimdan so ng keladi. 信 so zi vositasiz to ldiruvchi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan, gapda vositali to ldiruvchidan so ng keladi. 给 gěi ko makchisi bilan vositali to ldiruvchi kesimdan oldin ham, kesimdan keyin ham ( 我送给他很有意思的书 ) kelishi mumkin hamda gapning ohirida ham ( 爸爸做饭给我们 ) kelishi mumkin, lekin bu o rinda talaffuz qilish ozgina qiyinroq bo lishi mumkin. 2) 用 yòng fe l sifatida foydalanmoqdeb tarjima qilinadi, ko makchi sifatida ham aynan shu ma noda ishlatiladi, odatda nima bilan? savoliga javob bo ladigan to ldiruvchilar bilan qo llaniladi. Masalan : 请问, 这个词用汉语怎么说? 28

Zhè ge cí yòng hànyǔ zěnme shuō? Bu so zni xitoy tilida qanday aytilishini aytib yuborolmaysizmi? Mazkur gapda 汉语 so zi vositali to ldiruvchi vazifasida kelib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 用 ko makchisi faqatgina kesimdan oldin keladi. Gap qurilishi quyidagi bo ladi: 请问, 这个词 (ega ) 用 (ko makchi ) 汉语 (vositali to ldiruvchi ) 怎么说 (fe l)? 3) 跟 (gēn), 和 (hé), 同 (tóng) Ushbu ko makchilar odatda kim bilan? so roqlariga javob bo luvchi to ldiruvchini ifodalaydi. 你看, 她跟谁跳舞? Nǐ kàn tā gēn sheí tiàowǔ?--qaragin, u kim bilan raqsga tushmoqda? Ushbu o rinda to ldiruvchi olmosh bilan ifodalangan. 谁 so zi vositali to ldiruvchi hisoblanadi, gapda kim bilan?savoliga javob bermoqda. 我和他是最好的朋友 Wǒ hé tā shì zuìhǎo de péngyǒu.--men u bilan eng yaqin do stlarmiz. Ushbu gapda to ldiruvchi kishilik olmoshi 他 bilan ifodalangan. 他 so zi vositali to ldiruvchi vazifasida kelib, 和 ko makchisi bilan birga qo llanilmoqda, gapda u bilan deb tarjima qilinadi. 我同他们去电影院 Wǒ tóng tāmen qù diànyǐngyuàn.--men ular bilan birga kinoteatrga bordim. 29

Ushbu o rinda to ldiruvchi kishilik olmoshi bilan ifodalangan. 他们 so zi gapda vositali to`ldiruvchi vazifasida kelmoqda, 同 ko`makchisi bilan birga qo`llanilib kelmoqda. Yuqoridagi ko makchilar faqatgina kesimdan oldin qo llanilib, quyidagi tartibda keladi: 你 (ega) 跟 (ko makchi) 他 (vositali to ldiruvchi) 认识 (fe l) 吗? Sen u bilan tanishmisan? Yana bir jihatga e tiborimizni qaratishimiz lozimki, yuqoridagi ko makchilarning inkor shakli ko makchidan oldin inkor yuklamasi qo yish bilan hamda kesimdan oldin inkor yukalamalarini qo yish bilan ifodalash mumkin. Kesimdan oldin inkor yuklamasini faqatgina kesim harakatni ifoda etmagan fe l bilan ifodalangandagina qo llash mumkin, masalan 知道 (zhīdao, bilmoq), 有 (yǒu, ega bo lmoq), 注意 (zhùyì, e tibor qaratmoq), 明白 (míngbai, tushunmoq), 认识 (rènshi, tanimoq ). Masalan : 我跟他不认识 Wǒgēntābúrènshi Men u bilan tanish emasman. Mazkur gapda 他 vositali to ldiruvchi vazifasini bajarib kelmoqda, gapda 跟 bilan- ko makchisi bilan qo llanilgan bo lib, gap inkor shaklda. Inkor yuklamasi qoidada aytib o tlganidek, fe ldan oldin, ko makchili to ldiruvchidan keyin keladi. 4) 对 duì Mazkur ko makchi odatda kimga?, nimaga? hamda ga ko ra, nimadir uchun va boshqa so roqlariga javob beradigan to ldiruvchilar bilan qo llaniladi. 我对中国历史感兴趣 Wǒ duì zhōngguó lìshǐ gǎn xìngqù.--men xitoy tarixiga qiziqaman. 30

Mazkur gap to ldiruvchisi 历史 so zi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Gapda 对 ko makchisi bilan birga qo llanilgan. 对 ko makchisining gapdagi o rni har xil bo lishi mumkin. Gap boshida, masalan: 对 (ko makchi ) 这个情况 (vositali to ldiruvchi ), 我 (ega ) 不太清楚 (kesim ) Men bu vaziyat haqida uncha Kesimdan oldin, masalan: 我 (ega) 对 (ko makchi ) 中国历史 (vositali to ldiruvchi) 感 (kesim ) 兴趣 (vositasiz to ldiruvchi) Men Xitoy tarixiga qiziqaman. Agar kesim sifat yoki harakatni ifodalamaydigan fe l bilan ifodalangan bo lsa inkor yuklamasi kesimdan oldin keladi: Masalan : 对这个情况, 我不太清楚 Duì zhè ge qíngkuàng wǒ bú tài qīngchǔ. Bu vaziyat haqida uncha tanish emasman. Mazkur gapda 情况 so zi vositali to ldiruvchi bo lib, 对 old ko makchisi bilan qo llanilib kelgan. Ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 5) 替 tì mazkur ko makchi o rniga, uchun ma nosini anglatadi. 我替他的成功很高兴 Wǒ tì tā de chénggōng hěn gāoxìng.--men uning uchun hursandman! Mazkur gap to ldiruvchisi 成功 so zi hisoblanib, 替 old ko makchisi bilan birga qo llanilib kelmoqda, gapda vositali to ldiruvchi vazifasida kelgan. Ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Ushbu ko makchi gapda faqat kesimdan oldin qo llanilishi kerak. 31

请你替我问妈妈好 Qǐng nǐ tì wǒ wèn māmā hǎo.--mendan onangga salom ayt. Ushbu gapda 我 so zi vositali to ldiruvchi vazifasida kelmoqda, olmosh so z tukumiga oid so z, ya ni kishilik olmoshi bilan ifodalangan. Eslatma: agarda gapda vositali to ldiruvchi bilan modal fe l, ravish, yordamchi so zlar yoki inkor yuklamasi kelgan bo lsa, ularning hammasi vositali to ldiruvchidan oldin keladi. Masalan : 我不会用汉语说 Wo buhui yong hanyu shuo. --Men xitoy tilida gapirmayman. Ushbu gapda 汉语 so zi vositali to ldiruvchi vazifasida kelib, 用 ko makchisi bilan birga qo llanilgan, to ldiruvchi ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Mazkur gap inkor shaklda bo lib, e tibor berishimiz lozim bo lgan jihat shuki, inkor yuklamasi vositali to ldiruvchidan oldin keladi. Mazkur gapning tartibi quyidagicha: Ega +inkor yuklamasi+ko makchili vositali to ldiruvchi+fe l ; 2.2. Xitoy tilida vositasiz to ldiruvchi va uning ifodalanishi Predmetga ishora qiluvchi vositasiz to`ldiruvchi deb nomlanadi, xitoy tilida 直接宾语 deb nomlanadi. Vositasiz to ldiruvchi gapda vositali to ldiruvchidan keyin keladi, agarda gapda ham vositali ham vositasiz to ldiruvchi ishtirok etganda hollarda, albatta. Xitoy tilida vositasiz to ldiruvchi harakatni butunlay o ziga qabul qilgan predmetni ifodalab keladi. Ba zi fe llardan so ng ikkita to ldiruvchi kelishi mumkin, ulardan biri shaxsni, biri esa predmetni ko rsatib keladi. Shaxsni ifodalovchi vositali to ldiruvchi, predmetga ishora qiluvchi vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. Vositasiz to ldiruvchi vositali to ldiruvchidan so ng keladi. Masalan, 32

张老师教我们汉语 Zhāng lǎoshī jiào wǒmen hànyǔ. Ustoz Zhang bizga xitoy tilini o qitadilar. Ushbu gapda 汉语 predmetni ifodalab kelmoqda, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 刚才小李告诉一个好消息, 你想听吗?Gāngcái xiǎo lǐ gàosù yīgè hǎo xiāoxī, nǐ xiǎng tīng ma? Hozirgina Syao Li menga bir yaxshi habar aytdi, sen eshitishni istaysanmi? Ushbu gapda 消息 predmetni ifodalab kelmoqda, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 你借我一点钱可以吗?Nǐ jiè wǒ yīdiǎn qián kěyǐ ma? Menga ozgina qarz berib tura olasanmi? Ikki tovldiruvchiga ega bo lib kela oladigan fe llar ko p emas, ulardan asosiylari quyidagilar: 给 -gěi-bermoq, 送 -sòng -sovg a qilmoq, 租 -zū -ijaraga olmoq/bermoq, 借 -jiè -qarzga bermoq/olmoq, 卖 -mài -sotmoq, 换 -huàn - almashtirmo q, 告诉 -gàosù -aytmoq, 通知 -tōngzhī -xabardor qilmoq, 报告 - bàogào xabar bermoq, 求 -qiú -yordam so ramoq, 教 -jiào -o qitmoq, 问 -wèn - sovramoq, 请教 -qǐngjiào savol sovramoq, 赔 -péi -qarzini tovlamoq, 称 -chēng -atamoq, 叫 -jiào - chaqirmoq va boshqalar. 16 告诉 -gàosù -aytmoq, 通知 -tōngzhī -xabardor qilish, 求 -qiú -yordam so ramoq va boshqa fe llar gapda kesim bo lib kelganda, ulardan so ng vositali to ldiruvchi kelishi shart, vositasiz to ldiruvchi tushirib qoldirish ham mumkin yoki gap boshiga qo yishimiz mumkin. Masalan : 16 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -465. 33

1. A : 这件事我可以告诉老王吗? B : 你告诉他吧 A: Zhè jiàn shì wǒ kěyǐ gàosù lǎo wáng ma? B: Nǐ gàosù tā ba. A : Bu masalani Laowangga aytsam bo ladimi? B : Sen unga aytaqol. 2. 明天早上开会 我通知你了, 你可别忘了 Míngtiān zǎoshang kāihuì. Wǒ tōngzhī nǐle, nǐ kě bié wàngle. Ertaga ertalab majlis. Men senga aytdim, sen unutmagin. Birinchi gapda 他, ikkinchi gapda 你 olmosh turkumiga oid so zlar vositali to ldiruvchi vazifasini bajarib kelmoqda. Ular kesimdan so ng kelib, vositasiz to ldiruvchi 这件事 gap boshida kelmoqda. Ushbu fe llardan so ng faqatgina vositasiz to ldiruvchi kela olmaydi.masalan : 他告诉一个新情况 U bir yangi habar aytdi. Bunday ifodalash noto g ri hisoblanadi. 我求一件事 Men bitta masala so radim. 租 -zu-ijaraga olmoq/bermoq, 借 -jie-qarzga bermoq/olmoq fe llari qatnashgan gaplarda ushbu fe llardan so ng vositasiz to ldiruvchi kelishi shart, vositali to ldiruvchini tushirib qoldirish mumkin. Masalan : 1. 我想租 ( 你 ) 一间屋子 2. 他已经借了 ( 我 ) 那么多钱了, 还不够吗? 34

Birinchigapda 一间屋子 va ikkinchi gapda 那么多钱 so z birikmalari vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelmoqda. Yuqoridagi fe llardan so ng faqatgina vositali to ldiruvchi kelishi mumkin emas. 这间屋子我想租你 很多钱他借了我 17 教 jiao-o qitmoq, 问 -wen-so ramoq, 请教 -qingjiao-, 赔 -pei-qarzini to lash, 给 -gei-bermoq, 还 -huan-qaytarib bermoq fe llari kelgan gaplarda, ushbu fe llardan so ng faqatgina vositasiz to ldiruvchi, hamda faqatgina vositali to ldiruvchi kelishi mumkin. 1. 这些钱是他给我的 Zhèxiē qián shì tā gěi wǒ de. Bu pullarni u menga berdi. Ushbu gapda 我 - vositali to ldiruvchi, olmosh bilan ifodalangan. 2. 他给两千块钱 Tā gěi liǎng qiān kuài qián. U ikki ming so m berdi. 两千块钱 - vositasiz to ldiruvchi, hisob so zli birikma bilan ifodalangan. 3. 王老师教我 Wáng lǎoshī jiào wǒ. Ustoz Van menga dars beradilar. Ushbu gapda 我 so`zi vositasiz to ldiruvchi bo lib, olmosh so z turkumiga oid so z, ya ni kishilik olmoshi bilan ifodalangan. Bir to ldiruvchili gap hisoblanadi. 17 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -465,466. 35

4. 王老师教数学 Wáng lǎoshī jiào shùxué. Ustoz Van matematikani o rgatadilar. Ushbu gapda 数学 so zi vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelmoqda, to ldiruvchi ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 5. 别担心, 我赔你 Bié dānxīn, wǒ péi nǐ. Sen qayg urma, men senga to layman. Ushbu gapda 你 so zi vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelmoqda, to ldiruvchi olmosh so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan 6. 我赔一千, 你赔一千, 可以吗?Wǒ péi yīqiān, nǐ péi yīqiān, kěyǐ ma? Men bir ming, sen bir ming so m to laysan, bo ladimi? Mazkur gapda 一千 so zlari vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelib, son so z turkumiga oid so zlar bilan ifodalangan. 称 -cheng- atamoq;nomlamoq, 叫 jiao-chaqirmoq, atamoqfe llari qatnashgan gaplarda, fe ldan so ng ikkita to ldiruvchi kelishi shart bo lib, bittasi bo lmasa mumkin emas, gap xato hisoblanadi. Masalan : 1. 人们都叫他无事忙 Rénmen dōu jiào tā wú shì máng. Odamlar uni bekorchi narsalar bilan band bo`ladigan deb atashadi. Yuqoridagi gapda fe ldan so ng ikkita to ldiruvchi kelmoqda. 他 va 无事忙 so zlari, birinchi to ldiruvchi olmosh so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan bo lib, ikkinchi to ldiruvchi esa otlashgan sifat bilan ifodalangan. Ushbu ikki to ldiruvchi birgalikda murakkab to ldiruvchilardir. Ular haqida keying rejamizda to liqroq ma lumot beramiz. Alohida vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. Quyidagi gaplar xato hisoblanadi, chunki fe ldan so ng bitta to ldiruvchi kelgan. Yuqorida aytib o tganimizdek, mazkur fe llar bilan gapda ikkita 36

to ldiruvchi qatnashishi shart, aks holda gap xato hisoblanadi, bunday qo llash mumkin emas. Masalan : * 无事忙人们都叫他 *Wú shì máng rénmen dōu jiào tā. * 他人们都叫无事忙 *Tā rénmen dōu jiào wú shì máng. 2. 附近的人都称他师傅 Fùjìn de rén dōu chēng tā shīfù. Yaqin kishilar uni ustoz deb ataydilar. Yuqoridagi gapda fe ldan so ng ikkita to ldiruvchi kelmoqda. 他 va 师傅 so zlari, birinchi to ldiruvchi olmosh so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan bo lib, ikkinchi to ldiruvchi esa ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Ushbu ikki to ldiruvchi birgalikda murakkab to ldiruvchilardir. Har biri alohida vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. Quyidagi gaplar xato hisoblanadi, chunki 称 fe li bilan yuqorida aytib o tganimizdek ikkita to ldiruvchi kelishi shart.? 他附近的人都称师傅 Tā fùjìn de rén dōu chēng shīfù. * 师傅附近的人都称他 18 *Shīfù fùjìn de rén dōu chēng tā. Xitoy tilida vositasiz to ldiruvchining gapdagi o rni: 1) kesimdan so ng kelan holatda 我喝咖啡 - Wǒ hē kāfēi Men qahva ichaman. Vositasiz to ldiruvchi gapda odatda kesimdan so ng keladi. Ushbu gapda 咖啡 so zi vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 喝 gapning kesimi bo lib, fe l-kesim hisoblanadi, vositasiz to ldiruvchi kesimdan so ng kelgan. 2) egadan oldin kelgan holatda 18 实用现代汉语语法 / 刘月华等著.- 增订本.- 北京 : 商务印书馆,2004.- 页 -466. 37

To ldiruvchi egadan oldin qo yilsa, gap emosional bo yoqdorlikka ega bo ladi, shu o rinda to ldiruvchiga alohida urg u beriladi. Tarjimada ham alohida ajratiladi: 这本书我已经买了!Zhè běn shū wǒ yǐjīng mǎi le. Bu kitobni men allaqachon sotib oldim. Vositasiz to ldiruvchi gapda egadan oldin kelishi ham kuzatiladi. Ushbu gapda 书 so zi vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. 买 gapning kesimi bo lib, fe l-kesim hisoblanadi, vositasiz to ldiruvchi egadan oldin kelib, to ldiruvchiga alohida urg`u bermoqda. Aynan belgilash, kovrsatish, bo rttirish uchun shunday qo llanilgan. 3) ega va kesim orasida kelgan holatda Bunday sharoitda 把 bǎ ko makchisini qovllash lozim. Masalan : 我把这些汉字写错了! Wǒ bǎ zhè xiē hànzì xiě cuò le. Men bu iyerogliflarni hato yozdim. Bu gapda to ldiruvchi o rnida kelgan so zga urg u berilayotganligini ham ko rishimiz mumkin. 汉字 gapda vositasiz to ldiruvchi vazifasida kelib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan. Bunday gaplarni inkor shaklga aylantirish uchun 没 méi inkor yuklamasi qo llaniladi. Masalan : 我没把这些汉字写错了 Wǒ méi bǎ zhè xiē hànzì xiě cuò le. Men bu iyerogliflarni hato yozganim yo q. Tasdiq gaplarda 把 bǎ ko makchisidan oldin inkor modal yuklama 没 méi emas, 不 bù qo llaniladi. 38

我不想把这本书还给他 Wǒ bù xiǎng bǎ zhè běn shū huán gěi tā. Bu kitobni men unga qaytarib bergim kelmayapti. Mazkur gap to ldiruvchisi 书 so zi bo lib, ot so z turkumiga oid so z bilan ifodalangan, gap inkor shaklda bo lib, yuqorida aytib o tganimizdek inkor yuklamasi fe ldan oldin keladi. 2.3 Xitoy tilida qo shma va murakkab to ldiruvchi haqida ma lumot hamda to ldiruvchining semantik turlari Qo shma to ldiruvchi (ikkilangan to ldiruvchi) 双宾语 shuāng bīnyǔ va murakkab to ldiruvchi 复合宾语 fùhé bīnyǔ haqida ma lumot: Ikkilangan to ldiruvchi bu ba zi fe llardan so ng keluvchi vositasiz hamda vositali to ldiruvchilardir. Vositasiz to ldiruvchi harakatni qabul qilgan predmetni ifodalaydi, vositali to ldiruvchi esa harakatni bajarayotgan odamga yo nalgan bo ladi. Masalan, 我送给她生日礼物 Wǒ sòng gěi tā shēngrì lǐwù. Men unga tug ilgan kun sovg asini berdim. Shu o rinda 她 vositali to ldiruvchi, ot bilan ifodalangan, 礼物 vositasiz to ldiruvchi, ot bilan ifodalangan, ushbu to ldiruvchilar qo shma (ikkilangan) to ldiruvchilar hisoblanadi. Murakkab to ldiruvchi bu to ldiruvchiga qo shimcha to ldiruvchi qo shiladi. 我们叫他杰克 Wǒmen jiào tā jiékè. Biz uni Jak deb ataymiz. Shu o rinda 他 to ldiruvchi, 杰克 qo shimcha to ldiruvchi. Ular birga murakkab to ldiruvchi hisoblanadi. Birinchi to ldiruvchi olmosh bilan ifodalangan, qo shimcha to ldiruvchi esa ot so z turkumiga mansub. Ushbu to ldiruvchilar alohida vositasiz to ldiruvchi hisoblanadi. 39